Har qanday davlatning suvereniteti, davlat tuzilishi va siyosiy mustaqilligi undagi rasmiy ramzlar orqali o‘z ifodasini topadi. Bayroq, gerb va madhiyaning mavjudligi davlatning xalqaro huquq subyekti sifatida tan olinishidagi muhim elementlardan biridir. O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam tashlagan ilk yillarida qabul qilingan muhim qarorlardan biri — 1991-yil 18-noyabr kuni Davlat bayrog‘ining tasdiqlanishi bo‘ldi. Mazkur sana O‘zbekiston davlatchiligini mustahkamlash jarayonida fundamental ahamiyat kasb etadi.
1991-yil 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari tizimi shakllangan davr sifatida tarixga kirdi. Mustaqillik e’lon qilinishi (1991-yil 31-avgust) bilan mamlakat o‘zining yangi siyosiy kursini belgilab, davlat belgilarini yaratish jarayoniga kirishdi. Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun — davlat suverenitetining asosiy belgisi sifatida xalqaro huquqiy me’yorlarga mos ravishda ishlab chiqilgan muhim hujjatdir.
O‘zbekiston bayrog‘i kompozitsiyasi o‘zida tarixiy an’analar, ma’naviy qadriyatlar va zamonaviy siyosiy g‘oyalarni uyg‘unlashtirgan holda yaratilgan. Har bir rang va ramzning semantik yuklamasi mavjud.
18-noyabr kuni O‘zbekistonda davlat ramzlariga hurmatni oshirish, yosh avlodda milliy g‘urur, tarixiy ong va vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. Bu sana davlat ramzlaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish, ularning huquqiy maqomini mustahkamlash jarayonida alohida o‘rin tutadi.

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati I.MUsayeva