Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar, xususan, nafaqa masalalari atroflicha muhokama qilindi.
️Fuqarolarning shikoyat va murojaatlari asosida deputat tomonidan joylardagi holatni o‘rganish ishlari olib borildi. Ayniqsa, nafaqa tayinlash va uning miqdoriga oid savollar yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi va mas'ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar yuborilishi belgilandi.
Uchrashuv so‘ngida nuroniylar deputatga murojaatlarni tinglagani va muammolarni joyida hal qilishga harakat qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirishdi.