Davra suhbati uchun bu mavzuning tanlangani bejiz emas. Taʼkidlanganidek, partiyaning Saylovoldi dasturida tadbir kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilganki, ularning ijrosi mamlakatimizda oilaviy qadriyatlarni asrash, oila institutini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadbir xulosalariga ko'ra bunda eng asosiysi erta nikohni targ'ib qilganlarga javobgarlikni kuchaytirish bo'yicha qonun tashabbus qilinishi kerak.