Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Olmazor tumanidagi "Nihol" MFY da mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
«Menga umr baxsh et» xayriya aksiyasi
янв.21
Deputat Xalqaro forumda mukofotlandi va Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasidagi tashabbuslari E'tirof etildi
янв.21
“Salomatlik va ekologiya: Iqlim o‘zgarishi va uning aholi salomatligiga ta’siri”
янв.21
Atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
янв.21
Аtrof-muhit uchun ekologik texnologiyalar
янв.21
Deputat o‘z saylov okruglarida mahalla obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Tumandagi ijtimoiy soha faoliyati deputat nazotatida
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani 15-"Bo'stonobod" saylov okrugi deputati U.Fayziyeva "Gani Azamov" Mahalla fuqarolar yig`inlarida fuqarolar qabuli bo`lib o'tdi
Ayollarning jamiyat va siyosatdagi o‘rni

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida universitetning ayol professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-qizlari ishtirokida “Ayollarning jamiyat va siyosatdagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ayollarning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning siyosiy faolligi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki va yetakchilik salohiyatini yoritish, shuningdek, talaba-qizlarni ongli hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishga, ijtimoiy mas’uliyatni his qilishga da’vat etishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, turli sohalarda yutuqlarga erishgan ayollar misolida yoshlar uchun motivatsion chiqishlar tinglandi. Tadbir ishtirokchilari o‘zaro fikr almashdilar, savol-javoblar orqali mavzuni chuqurroq tahlil qilishdi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va bunday tashabbuslar ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlashdi.

Slide 1 of 6