Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.
янв.21
“Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish yoki “og‘iz solish” bilan bog‘liq salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan jamoatchilik muhokamasi o'tkazildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati D.Axmedova ishtirok etdi.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Olmazor tumanidagi "Nihol" MFY da mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
«Menga umr baxsh et» xayriya aksiyasi
янв.21
Deputat Xalqaro forumda mukofotlandi va Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasidagi tashabbuslari E'tirof etildi
янв.21
“Salomatlik va ekologiya: Iqlim o‘zgarishi va uning aholi salomatligiga ta’siri”
янв.21
Atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
янв.21
Аtrof-muhit uchun ekologik texnologiyalar
янв.21
Deputat o‘z saylov okruglarida mahalla obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 13-Ozodlik saylov okrugidan deputat Shayimova Xalnisa Yakubovna "Ozodlik" mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashdi hamda ularning muammolarini joyida o‘rgandi.

Uchrashuv davomida "Zulfiya" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar ichimlik suvi sifati pastligi, yo‘l holati og‘irligi (yozda chang, qishda esa loyga aylanishi), qo‘lbola simyog‘ochlarning xavfli holatga kelib qolganini bildirib, yordam so‘rashdi.

Deputat Shayimova Xalnisa Yakubovna mazkur masalalarni bevosita o‘rganib, tegishli tashkilotlarga “Deputatlik so‘rovi” bilan murojaat qilishini va mavjud muammolarni imkon qadar tez fursatda bartaraf etish choralarini ko‘rishini ma’lum qildi.

Fuqarolar deputatga ochiq muloqot va e’tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.

Slide 1 of 1