ISTIQBOLDAGI REJALAR MUHOKAMA QILINDI
Bugun Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyatining majlislar zalida tuman Kengashining doimiy komissiyalar raislari, kotibiyat mudiri va xodimlari va tegishli mutaxassislar ishtiroki yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirlgan masalalar, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining, doimiy komissiyalari va koitibyatning 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini ishlab chiqish masalalari dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar ijrosini belgilangan muddatlarda bajarish bo‘yicha kelishib olindi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov