✔️Aholining turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida Eskijuma MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
✔️Mazkur o‘rganishlar tuman Kengashi deputati O‘rinov Ibrohim tomonidan amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida hudud aholisi tomonidan ko‘tarilgan bir qator dolzarb muammolar aniqlandi.
✔️Jumladan, Do‘lta qishlog‘idagi asosiy yo‘lning nosozligi aholining kundalik qatnovida jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirayotgani, xususan maktab o‘quvchilari va tuman markaziga borib-keluvchilar uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida 2000 metr uzunlikdagi yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish zarurligi belgilandi.
✔️Shuningdek, Eskijuma qishlog‘idagi 10-sonli umumta’lim maktabida 740 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lsa-da, maktabda ovqatlanish oshxonasi mavjud emasligi aniqlandi. Shu bois 90 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona qurish zarurligi ta’kidlandi.
✔️Bundan tashqari, Do‘lta qishlog‘ida elektr ta’minotidagi uzilishlar transformator quvvatining yetishmasligi bilan bog‘liqligi o‘rganilib, qo‘shimcha 80 kuchlanishli transformator o‘rnatish lozimligi qayd etildi.
✔️O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish belgilandi.
✔️Mazkur deputatlik so‘rovi orqali hududdagi muammolarga mas’ul tashkilotlar e’tiborini qaratish hamda ularni qisqa muddatlarda hal etish ko‘zda tutilmoqda.
🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi