"Olmaliqsoy" mahallasida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sanjar Mamayusupov o‘z saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv kun tartibida:
2025-yil yakunlari: Hududni obodonlashtirish va ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha qilingan ishlar hisoboti;
2026-yil 1-chorak: Joriy yilda boshlangan loyihalar va istiqboldagi rejalar haqida axborot.
Uchrashuv davomida fuqarolardan tushgan har bir murojaat va taklif yuzasidan soha mutaxassislari hamda "Mahalla yettiligi" a’zolari tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.