Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov tomonidan saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Yaqinda deputatning "Zarbuloq" mahallasi aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida fuqarolar tomonidan muhim masala ko‘tarilgan edi. Xususan, Ma’rifat ko‘chasidagi tungi yoritgichlar ishdan chiqqanligi, ayrimlari esa kuyib qolganligi sababli ko‘cha qorong‘u bo‘lib qolayotgani haqida murojaat qilingan.
✅Amaliy natija
Aholi murojaatini tinglagan Faxriddin Matasimov masalani kechiktirmasdan hal etishga kirishdi:
Tezkor chora: Shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik murojaati bilan chiqdi.
✅Murojaat asosida mutaxassislar jalb etilib, Ma’rifat ko‘chasidagi 10-11-uy oldilari hamda Marifat 2-tor ko'chalaridagi barcha nosoz yoritgichlar qisqa fursatda ta’mirlandi va yangisiga almashtirildi.
"Xalq vakilining vazifasi — odamlarning og‘irini yengil qilish va hududdagi muammolarga yechim topishdir."
Bugungi kunda Ma’rifat ko‘chasi tunda yana yorug‘ va xavfsiz holatga keltirildi. Bu kabi xayrli ishlar mahalla ahlining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.