Yangiliklar

#deputat faoliyati

✅Olmaliq shahar Kengashi deputati Oybek Qurolboyev o‘zi saylangan okrug hududida bo‘lib, aholi murojaatlari va hududni rivojlantirish rejalariga asosan Abdulla Avloniy mahallasidagi ichki ko‘chalar holatini o‘rgandi.

✅Ichki yo‘llarning holati: Ko‘chalarning bugungi holati, asfalt yotqizish yoki shag‘allashtirish ehtiyojlari ko‘zdan kechirildi.

✅Shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, yo‘llar bilan bog‘liq muammolar va takliflar tinglandi.

Infratuzilma: Yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish choralari muhokama qilindi.

📍"Maqsadimiz — mahalladagi har bir ko‘chani tartibga keltirish va aholi uchun munosib harakatlanish sharoitini yaratish. Har bir o‘rganish natijasi tegishli dasturlarga kiritish uchun asos bo‘ladi," — deydi deputat O. Qurolboyev.

✍️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi va nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 4