Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
📝 Kun tartibidagi asosiy masala:
2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qaror ijrosi yuzasidan 2026-yilda Olmaliq shahri bo‘yicha "Alkogol" mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan ushbu mahsulotlarni sotish uchun belgilangan yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to'g'risidagi masala atroflicha muhokama qilindi.
📊Mazkur masala yuzasidan Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi rahbari Ixtiyor Aliyevning hisoboti tinglandi.
✅Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot va takliflar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: Doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan xulosalar va takliflar Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.