Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 18-Do‘rmancha saylov okrugi deputati A.Umurzaqov 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida joylashgan transformatorni maktabdan tashqari joyga ko‘chirish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevga yuborgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etilib, transformator xavfsiz joyga ko‘chirildi.