Yangiliklar

#jamoatchilik nazorati #o'rganish

🔰Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Fahriddin Matasimov va Abdujabbor Djurayevlar shahardagi "Oydin" dehqon bozorida aholining kundalik ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi holatini o‘rgandi.

♻️O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi barcha maxsulotlarning sifati, narx-navosi va savdo sharoitlari, sanitar holati hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi yuzasidan o'rganish olib borildi va natijasi yuzasidan Kengashning mahalliy budjet komissiyasiga axborot taqdim etdi.

Slide 1 of 3