Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi Gʻanijon Soliyev "Amirobod" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla yettiligining yil yakunida olib borayotgan ish faoliyati bilan tanishdi.
Hudud aholisi turmush tarzini yaxshilashda, islohotlarning amalda ijrosini taʼminlashda hamda ularning quyi tizim — mahallagacha yetib borishida mahalla faollarining ish samaradorligi juda muhim.
Tuman rahbari bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan tegishli koʻrsatmalarni taʼkidlab oʻtdi.