Fuqarolar murojaati asosida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Akram Abdumurodov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi tegishli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqildi. Natijada masala ijobiy hal etilib, amaliy choralar belgilandi.
Fuqarolar manfaatini himoya qilish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir.