Tadbirning asosiy maqsadi Davlatimiz rahbarining 2025 yil 26 dekabrdagi Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda ma’ruzachi Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev tomonidan 2026-yilda shahar mahallalarida infratuzilmani yaxshilash, ishsizlikni qisqartirish, kambag‘allik darajasini pasaytirish kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Vatan himoyachilari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan o‘qish, kasb-hunar, sport va kitobxonlik yo‘nalishlarida rag‘batlantirish choralari haqida ma’lumot berilib, aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.