👮♂👮♂Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Shodiya Alijonova "Kamalak" va Bobur mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla profilaktika inspektorlari bilan suhbat qildi va hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bartaraf etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar holati muhokama qilindi.
O'rganish yakunida hududda jinoyatchilikni kamaytirish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishga e'tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.