🔰Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati, shahar Kengashining mahalliy budjet komissiya a'zosi Zuhra Pulatova hamda "Oydin" dehqon bozori mas'ul xodimlari bilan shahardagi "Oydin" dehqon bozorida aholining kundalik ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi holatini o‘rgandi.
♻️O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi barcha maxsulotlarning sifati, narx-navosi va savdo sharoitlari, sanitar holati hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi yuzasidan o'rganish olib borildi va natijasi yuzasidan Kengashning mahalliy budjet komissiyasiga axborot taqdim etdi.