Yangiliklar

#hamkorlik

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev hamda Olmaliq shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Marhabo Minavarova boshchiligida yarashtiruv komissiyasi bilan hamkorlikda suhbat tashkil etildi.

Jarayonda soha mutaxassislari tomonidan oilaning jamiyatdagi o'rni, oila muqaddasligi, farzandlar manfaati yo'lida kechirimli bo'lishi, uning mustahkamligi va ahamiyati yuzasidan fikrlar bildirildi.

Nizoli oilalar bilan alohida suhbatlar o'tkazilib, murosaga kelishish bo'yicha tushuntirishlar berildi.