Tahlil yakunlariga ko‘ra, jami 35 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid amaliy mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlab, shahrimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan “Yoshlar parlamenti vakillari maktabi” a’zolarining 12 nafari Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Qobil Muratqulovich tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Kengash raisi “Yoshlar parlamenti vakillar maktabi” faoliyatini kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashini, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishda ko‘maklashishini bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.