Yangiliklar

Bo‘ston tumanida “Deputat mahallada” loyihasi amalda

Mustaqillik 15-yilligi mahalla fuqarolar yig‘ini Davloq ko‘chasidagi xonadonlarda o‘rganishlar olib borildi. Ushbu ko‘chada ko‘chada joylashgan barcha xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanishlari 100% bajarilib, turli sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Xar bir xonadonda issiqxona tashkil qilingan bo‘lib, pamidor, bodring, bulg‘or qalampir ko‘chatlari ekilib parvarish qilinmoqda. Ko‘chalar axlat chikindilardan to‘liq tozalangan. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilgan, ko‘cha yoqalariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, rayxon, atirgul va boshqa turli gul ko‘chatlari ekilib parvarish qilinmokda. Ariqlar chopilib tuproqlardan tozalangan.

Slide 1 of 11