DEPUTATLAR O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERMOQDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 3-Uch yog‘och-Qarabog‘saylov okrugi deputati, Xashimova Karomat Pakirovna “Qarabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Xoliyeva Shohida Boymatovna ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar, fikr mulohazalar va takliflar eshitildi. Xar bir murojaat yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilanib ijrosi ta’minlanishi belgilab olindi.