Marg‘ilon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida tashkil etilgan ushbu tadbirda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi H.Abduraxmonov va shahar Kengashi deputati A.Mahkamovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan deputatlar, korrupsiyaning salbiy oqibatlarining amaliyotda namoyon bo‘lishi haqida nutq so‘zlashdi.
Mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlari belgilangan Harakatlar strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishida bevosita korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri
sifatida belgilanganligi takidlab o‘tildi.
Bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi korrupsiyaga qarshi immunitet hosil qilishda ijobiy rol o‘ynaydi.