35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Termiz shahridagi “Ma’rifat” mahallasida xalq deputati shahar Kengashi deputati A.Mustafakulov saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, deputat tashabbusi bilan tegishli tashkilotlar hamkorligida ushbu mahallaning Ayirtom ko‘chasida joylashgan 25-umumiy hovli uylari oldiga asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

Slide 1 of 3