Yangiliklar

#Deputatlik faoliyati

🔰Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyat mudiri O.Abdullayev hamda shahar Kengashi deputatlari F.Mashkurova va M.Mo’mimov ishtirokida shahrimizdagi Axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar va ish jarayoni atroflicha o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

• Kitob fondining holati: Markazdagi mavjud adabiyotlar, ayniqsa, yangi nashr etilgan badiiy va ilmiy kitoblar bilan ta'minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

• Moddiy-texnik baza: Kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mutolaa zallarining shinamligi, kompyuter jamlanmalarining holati va internet tezligi tahlil qilindi.

• Elektron kutubxona: Aholiga masofadan turib xizmat ko‘rsatish va kitoblarni raqamlashtirish borasidagi ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Deputatlar markaz xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, kitobxonlar safini kengaytirish, yoshlarni mutolaaga jalb qilishda innovatsion usullardan foydalanish bo‘yicha o‘z takliflarini berib o’tishdi.

#deputatlik_faoliyati

Slide 1 of 2