Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Oybek Abdullayev "No’g’oyqo’rg’on" mahallasi yoshlar yetakchisi bilan birgalikda ko’p qavatli uylardagi liftlarning holatini bevosita joyiga chiqqan holda o’rgandi.
Oʻrganish davomida quyidagilarga eʼtibor qaratildi:
✅ Liftlarning texnik sozligi va xavfsizligi;
✅ Favqulodda aloqa tizimining ishlashi;
✅ Kabinalarning sanitariya-gigiyenik holati.
🔰Asosiy maqsad: Aholi, ayniqsa keksalar, yosh bolali onalar va nogironligi bo’lgan shaxslarning xavfsiz va to’siqsiz harakatlanishini ta’minlash.
#deputatlik_faoliyati