Yangiliklar

#Tibbiyotda_90Kun

✅Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlari tomonidan sog‘liqni saqlash tizimidagi holatni o‘rganish maqsadida shahar Tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🖊Deputatlar shaharda  joylashgan  Tibbiyot birlashmasiga tashrif chog'ida u yerdagi xizmat ko‘rsatish tartibi, tibbiy jihozlar holati, xodimlarning ish sharoitlari hamda bemorlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Jarayon davomida aholi bilan muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolar fikr va takliflari tinglandi.

✅Ba’zi muassasalarda navbatlar mavjudligi, texnik vositalar ehtiyoji, dori-darmon ta’minotidagi uzilishlar kabi masalalar qayd etildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 10