Yangiliklar

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

 Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir!

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Salomova Feruza tashabbusi bilan tumandagi 569 maktabgacha ta’lim muassasida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari- bolalar konsert dasturi, sport o‘yinlarini namoyish qilishdi. Shuningdek gul ko‘chatlar ekildi hamda rasmlar chizishdi. Tadbir yakunida bolalarga sovg‘alar ulashildi.

Slide 1 of 10