2024-yil 11-iyun kuni soat 11:00 da Xalq deputatlari tuman Kengashi Doimiy komissiyasining navbatdagi “Xalq deputatlari tuman Kengashining VI-chaqiriq bir yuz to'rtinchi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosi toʻgʻrisida, hududdagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman adliya
bo‘limi axboroti to‘g‘risidagi hamda boshqa masalalar atroflicha o'rganib chiqilib, muhokama qilindi.