Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Piskentdagi sinov laboratoriyasi faoliyati o‘rganildi

Ma’lumki, O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan va olib kelinadigan avtotransport vositalarini maxsus sinov laboratoriyasida elektromagnit moslashuvchanlik ko‘rsatgichi bo‘yicha sinovda o‘tkazish belgilangan.

Bugungi kunda ushbu sinovlar “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi”(Uztest) qoshidagi maxsus sinov laboratoriyasida o‘tkazilmoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida elektromagnit moslashuvchanlik sinovlarni o‘tkazish uchun navbatga turishning elektron tizimi joriy etilgan.

Biroq, avtomobil egalari tomonidan mazkur sinov navbatining uzoqligi bilan bog‘liq murojaatlar kuzatilmoqda. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Fuqarolarning e’tirozlarini inobatga olib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi a’zolari Piskentda joylashgan Uztest markazi qoshidagi maxsus sinov laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Deputatlar xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini elektromagnit moslashuvchanlik ko‘rsatgichi bo‘yicha sinovda o‘tkazish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Qo‘mita a’zolari ushbu jarayondagi kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.

O‘rganish natijalari qo‘mitaning kengaytirilgan yig‘ilishida atroflicha muhokama qilinadigan bo‘ldi. 

Slide 1 of 3