Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Mahalliy sanoatni rivojlantirish – xalq farovonligining kafolati

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan mahalliy sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va xalqimiz turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi muhim voqelik bo‘ldi, desak adashmagan bo‘lamiz.

Bugungi murakkab global sharoitda har bir ish o‘rnini saqlab qolish, yangilarini yaratish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar alohida ahamiyatga ega.

Mamlakatning sanoat salohiyatini oshirish, hududlarni izchil rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalarimiz davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan chora-tadbirlarda o‘z aksini topdi.

To‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik va zargarlik kabi muhim sohalardagi mavjud muammolarning ochiq tahlil qilinishi va ularning yechimiga qaratilgan kompleks yondashuvlar yaqin kelajakda o‘zining ijobiy samarasini berishi aniq.

Ayniqsa, xalqaro sertifikatlashtirishni kengaytirish, "Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi"ni va "Mall of Uzbekistan" savdo markazlarini tashkil etish kabi yangi mexanizmlarning joriy qilinishi ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash hamda eksport hajmini oshirish uchun xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamshiyev