Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha “Deputatlik so‘rov”lari chiqarildi.

 Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha “Deputatlik so‘rov”lari chiqarildi. 

  Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari
O.Dadajonova, B.Axmadjonov, O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi
N.Karimovlar tumandagi saylovchilar bilan yakkama-yakka muloqot o‘rnatish
maqsadida tumanning
Pastki archa MFY
hududida uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar bo‘yicha
suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida mazkur mahallaning Bozorboshi ko‘chasida
yashovchi bir guruh fuqarolarni uzoq yillardan buyon qiynayotgan muammo, ya’ni
mahallani o‘rtasida, fuqarolar istiqomat qilayotgan manzilda “Qushxona”ning va
undan taralayotgan badbo‘y isning tarqalishini bildirib, hududda istiqomat
qiluvchi fuqarolarga qulaylik va shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan yordam
so‘rab murojaat qildilar. Ushbu murojaat
yuzasidan
tuman DSEOM boshlig‘i
nomiga “Deputatlik so‘rov”lari tayyorlanib, mas’ulga yetkazildi.
 

“Deputatlik so‘rov”lari yuborishdan maqsadimiz jonajon
xalqimizni rozi qilish va ularga yetarli darajada qulaylik yaratilishidan
iboratdir.
 

Zero, har doim ta’kidlaganimizdek, har qanday holatda
ham xalqparvar mas’ullar albatta bu muammolarga yechim topib, jonajon
xalqimizni rozi qilishlariga umid qilamiz va albatta bu yo‘ldan aslo
qaytmaymiz. Buning uchun esa bizga ishonch bildirgan jonajon xalqimizning
duolaridir...
  

Slide 1 of 1