Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yurtimizda bolalar va o‘smirlarni sportga jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mahallalarda kichik sport maydonlari, jumladan sunʼiy qoplamali maydonlarning soni yildan-yilga oshib borayotgani ham buning yorqin dalilidir. Boyovut tumanida ham sunʼiy qoplamali futbol maydonlari soni va aholini sport bilan qamrab olish darajasi ortmoqda. Bu kabi sport maydonlarini ko‘paytirish, mavjud va taʼmirga muhtojlarini rekonstruksiya qilish, bolalar va o‘smirlar uchun zamonaviy sharoitlarni yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Tumanning "Qarapchi" mahalla fuqarolar yig‘inida hozirga qadar sunʼiy qoplamali sport maydoni yo‘q edi. Mahalladagi mingga yaqin o‘smirlar va yoshlar futbol bilan shug‘ullanishlari uchun qo‘shni hududlarga borishlari zarur edi. Albatta bunday ishlarda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 27-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Nomurotov Mahmut Xayitboyevichning ham hissasi katta bo‘ldi. 

Jadal surʼatlarda davom etgan qurilish ishlari yakuniga yetib sport maydoni bolajonlar ixtiyoriga foydalanishga topshirildi.

Slide 1 of 4