Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Bugun “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumanida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar Sardoba tumani hokimligiga tashrif buyurib, hokimlik tizimida olib borilayotgan ishlar, davlat boshqaruvi jarayonlari hamda xodimlarning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yoshlar uchun tuman hokimi deputat Ziyadulla Karimov bilan xizmat xonasida samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida yoshlarni qiziqtirgan savollar, ularning taklif va tashabbuslari, kelgusidagi maqsadlari haqida fikr almashildi.
Muloqotning eng esda qolarli lahzalaridan biri esa kelajakda hokim bo‘lishni niyat qilgan yoshlarimizdan biriga tuman hokimining ish stoliga o‘tirib, hokimlik faoliyatini o‘ziga xos tarzda his etish imkoniyati berilgani bo‘ldi.
Bunday ochiq muloqot va amaliy tashriflar yoshlarning davlat boshqaruvi tizimiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning liderlik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 2