Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova tomonidan “Billur” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahallada aholining kundalik hayotiga ta’sir etayotgan ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularda ko‘tarilgan muammolarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Mazkur ishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida olib borildi.

✅“Billur” mahallasida fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 2