35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan maktabdagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
MIROBOD TUMANDA ISTIQOMAT QILUVCHI IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA MAISHIY TEXNIKALAR TOPSHIRILDI

 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi qarori ijrosi bo‘yicha Mirobod tumanida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan tumandagi ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan 18 nafar fuqarolarga ular endilikda tadbirkorlik
faoliyatini boshlab, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun subsidiya asosida zamonaviy mini pechlar, muzlatkich, termopot, gaz plitasi, oshxona kombayni va qozonlar to‘plami topshirildi.
 

Fuqarolarga maishiy texnika va jihozlarni xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hokim yordamchilari tashabbusi bilan Mirobod tumani hokimi v.v.b A. Salaydinov hamda sektor rahbarlari topshirishdi. Hokim fuqarolarga kelgusida tadbirkorlik faoliyatida boshlashlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 

Tadbir davomida xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari tomonidan tumanida daromadi yo‘q oilalar, band bo‘lmagan yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi amaliy ishlar davom ettirilishi bo‘yicha deputatlik nazorati doimiy olib borilishi taʼkidlandi. Jamiyat rivoji uchun bugun barcha masʼullar va fuqarolar birdek, harakat qilish kerakligi to‘g‘risida tushuntirildi. 

Bugungi kunda, ushbu fuqarolarning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4742-son qaroriga asosan belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan.  

Slide 1 of 9