Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati D. Niyazmetova tomonidan davlat xizmatlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, xizmatlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, FHDYO organlarida tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, vafot etish va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq xizmatlarning ko‘rsatilishi, aholiga zarur huquqiy tushuntirishlar berilishi hamda murojaatlarning qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilishi o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholiga qulay, tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3