Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
🏘 “MAHALLA YETTILIGI — KENGASH — SENAT”: HAMKORLIKDA NATIJADORLIK SARI
🏘 “MAHALLA YETTILIGI — KENGASH — SENAT”: HAMKORLIKDA NATIJADORLIK SARI

📜 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini samarali hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari hamda senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

🤝 Mazkur qarorning asosiy mazmun-mohiyati — mahalladagi muammolarni joyida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va bu jarayon ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.

🔎 Deputat mahallaga boradi — muammoni o‘rganadi — mas’ullar bilan birgalikda yechim izlaydi — natijasini nazorat qiladi.

📌 Qaror doirasida:
🏘 “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aniqlanadi va ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi;
👥 Aholi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari va takliflari joyida o‘rganiladi;
📊 Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati kuchaytiriladi;

⚖️ Mahalla darajasida hal etish imkoniyati bo‘lmagan masalalar tegishli darajaga olib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

🔗 Shu tariqa “mahalla yettiligi — mahalliy Kengash — Senat” o‘rtasidagi hamkorlik aholi muammolarini quyi bo‘g‘inning o‘zida aniqlash, mas’ullarni birlashtirish va muammoni natijagacha kuzatib borishga xizmat qiladi.

📍 Qarorning bosh maqsadi — mahalladagi har bir muammoni eshitish emas, balki uni aniqlash, yechimga yo‘naltirish va natijasini nazorat qilish orqali aholi manfaatini ta’minlashdir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1