Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
XONOBOD MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 XONOBOD MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov, “Madad” NNT Quva
tuman vakili X.Qodirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinov ishtirokida hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor hokim yordamchisi tomonidan xizmat
vazifalarining bajarilishi, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi
hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan
chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga qaratildi.
 

Jumladan, kambag‘allik reystriga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan
chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ular uchun barqaror daromad
manbalarini yaratish, mikroloyihalarni shakllantirish va amalga oshirish,
shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga
yo‘naltirish va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar holati o‘rganildi.
 

Shuningdek, aholi murojaatlarining mazmun-mohiyati, ularda ko‘tarilayotgan
masalalarni hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda murojaatlar
ijrosining nazoratiga alohida e’tibor qaratildi.
 

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchilik va muammolar “Deputatning ko‘cha
aylanish daftari”ga qayd etildi. Masalalarni bartaraf etish bo‘yicha
mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik
nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4