Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
DEPUTAT O‘ZI SAYLANGAN OKRUGDAGI MUAMMOLARNI JOYIDA HAL ETMOQDA

#DEPUTAT_FAOLIYATI

DEPUTAT O‘ZI SAYLANGAN OKRUGDAGI MUAMMOLARNI JOYIDA HAL ETMOQDA
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov o‘zi saylangan 18-Cheksho‘ra saylov okrugida bo‘lib, amaliy o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosining borishi, shuningdek, hududdagi mavjud infratuzilma holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔍 Amaliy muloqot va o‘rganishlar davomida:
Mahalla ichki ko‘chalarining holati hamda hududda tuni bilan ko‘chalarni yoritish tizimlarining ishlashi;
Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylar va hudud atrofida amalga oshirilgan ishlar sifati;
Avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklarning oldini olish hamda yo‘l-transport hodisalari (YTH) ko‘p sodir bo‘layotgan nuqtalarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan choralar xatlovdan o‘tkazildi.
🛠 Kamchiliklar joyida bartaraf etildi
O‘rganishlar jarayonida hududdagi tungi yoritish chiroqlarining bir qismi yaroqsiz holga kelib qolgani aniqlandi. Ushbu muammo deputat aralashuvi hamda soha mas’ullari ishtirokida joyida tezkorlik bilan bartaraf etilib, yoritish tizimi qayta tiklandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 4