Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: TAQACHI MAHALLASIDAGI 123-SONLI MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: TAQACHI MAHALLASIDAGI 123-SONLI MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI

🕯 Taqachi mahallasida joylashgan 123-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, kuz-qish mavsumiga hozirlik hamda hududni obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida maktabning kirish darvozasi, ichki va tashqi hududi, mavjud infratuzilma obyektlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, maktab hududini tartibga keltirish, obodonlashtirish va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Shuningdek, maktab binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati yuzasidan maktab rahbari bilan fikr almashildi. Maktabga tutash hududning obodligi, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha mahalla raisi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

📁 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, maktab hududini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur masalalar nazoratga olindi.

Slide 1 of 3