Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Isayeva Gavhar Eshmurzayevnaning 2026-yil 26-iyundagi
65-ds-374-26-sonli deputat so‘roviga Nurobod tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
➡️Javob xatida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari mulk huquqi asosida
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron onlayn auksionda realizatsiya qilinishi belgilangan.
➡️Shu munosabat bilan, Nurobod tumani Arabota mahallasi hududida yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha tegishli yer maydonlari taklif etilgani ma’lum qilingan.
🔷Shuningdek, bugungi kunda mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida yer uchastkalarini elektron savdoga chiqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash ishlari amaldagi qonunchilik talablari asosida olib borilayotgani, belgilangan tartib-taomillar yakunlangach, yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi ta’kidlangan.
➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlarining deputatlik so‘rovlari ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.