Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB TAQDIM ETILDI
янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
QAROR IJROSI YUZASIDAN ISHCHI GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Tepaqul mahallasida qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Mahallada aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
#24_masala

Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish xalq vakillarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F. Rahmatov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida Baxshitepa mahalla aholisi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ko‘tarilgan masala atroflicha o‘rganildi.

🔹Deputat murojaat yuzasidan joyiga chiqib, mavjud holatni tahlil qildi hamda muammoni deputatlik nazoratiga oldi. Shuningdek, masala tegishli doimiy komissiya muhokamasiga kiritilib, tuman Kengashi sessiyasi kun tartibidan ham o‘rin oldi. Muhokamalar natijasida aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammoni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.


🔹Qabul qilingan qarorlar asosida mahallaga zarur elektr jihozlarini yetkazib berish ishlari tashkil etildi. Xususan, deputat tashabbusi bilan saylov okrugidagi Baxshitepa mahallasiga quvvati 100 kVt bo‘lgan yangi transformator olib kelinib, o‘rnatildi. Bu esa hududda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va aholiga qulay shart-sharoit yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

🔹Mazkur transformator O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi sessiyasi qarori bilan ajratilgan mablag‘lar hisobidan xarid qilindi. Natijada mahalladagi yuzlab xonadonlarning elektr ta’minotini yaxshilash imkoni paydo bo‘ldi.

🔹Bugungi kunda amalga oshirilgan ishlar deputat murojaatlarni shunchaki eshitib qo‘ymasdan, ularni amaliy natijaga aylantirayotganining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Eng muhimi, aholining turmush sifati yaxshilanib, uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun mustahkam asos yaratildi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2