Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB TAQDIM ETILDI
янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
QAROR IJROSI YUZASIDAN ISHCHI GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Tepaqul mahallasida qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Mahallada aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI TOMONIDAN BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
👮‍♂️ Shovot tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i major Oybek Alisherovich Masharipovning 2026-yilning 6 oyi (I yarim yillik) davomida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi hisoboti e'lon qilindi.


📈 JAMI VAZIYAT VA ASOSIY KO'RSATKICHLAR:
🔹 Jami ro'yxatga olingan jinoyatlar: 146 ta (142 ta asosiy, 4 ta qo'shimcha)
🔹 100 ming aholiga nisbatan jinoyat ko'rsatkichi: 79,1 tani tashkil etdi.
🔹 Jinoyatlarni ochish foizi: 83,3% ga yetdi.
🔹 Kiberjinoyatlar ulushi: 97 tani tashkil etib, ushbu sohaga manzilli profilaktika kuchaytirilmoqda.

🛡 JINOYATLARNING OG'IRLIK DARAJA TAHLILI:
❌ O'ta og'ir turdagi jinoyatlar: 0 ta (Sodir etilishiga mutlaqo yo'l qo'yilmadi!)
⚠️ Og'ir jinoyatlar: 107 ta
🔸 Uncha og'ir bo'lmagan: 22 ta
🔹 Kam ahamiyatli: 18 ta

📉 IJOBIY TENDENSIYALAR (Kamaygan jinoyatlar):
✅ "Oldi olinishi lozim bo'lgan" jinoyatlar: 27 tadan 16 taga kamaygan (-40,7%)
✅ Yoshlar jinoyati: 11 tadan 4 taga kamaygan
✅ Firibgarlik: 6 tadan 1 taga kamaygan
✅ O'g'irlik: 8 tadan 5 taga kamaygan
✅ Mastlik va muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ham 2 tadan 1 taga kamaygan.
🚫 Ayollar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishiga mutlaqo yo'l qo'yilmadi!

🏡 "OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA" TIZIMI:
🟢 46 ta mahalla (88,5%) — "Yashil" toifa (Birorta ham jinoyat sodir etilmagan!)
🟡 6 ta mahalla (11,5%) — "Sariq" toifa
🔴 "Qizil" toifadagi mahallalar umuman yo'q!

🤝 Profilaktik tadbirlar doirasida 94 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi va 3601 nafar fuqarolarning muammolari mahalla yettiligi tomonidan ijobiy hal etildi.

📌 Xalq deputatlari Shovot tuman Kengashi tomonidan tuman IIB boshlig'ining hisoboti qoniqarli deb topildi va kelgusida kiberjinoyatlarga qarshi kurashni yanada kuchaytirish vazifasi belgilandi.