Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB TAQDIM ETILDI
янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
QAROR IJROSI YUZASIDAN ISHCHI GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Tepaqul mahallasida qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Mahallada aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYASI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda doimiy komissiya a’zolari, tuman hokimligi hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.

Majlis davomida mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar hamda qaror loyihalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Tashabbusli budjet” loyihalari doirasida amalga oshirilgan ishlar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi hamda g‘olib loyihalar ijrosi yuzasidan birinchi yarim yillik natijalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida doimiy komissiya tomonidan taqdim etilgan materiallar va hisobotlar yuzasidan tegishli xulosalar berilib, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi hamda “Tashabbusli budjet” jarayonining birinchi yarim yillik ijrosi haqidagi hisobotni Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 5