Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Chorvador mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Sazag‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi
янв.21
ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati G.Mirbabayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan O‘rtasaroy mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan o‘rganish tashkil etildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati G.Mirbabayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan O‘rtasaroy mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan o‘rganish tashkil etildi.

Mazkur o‘rganish ishlari “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, huquqbuzarliklarning oldini olish, obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat Gulnora Tillayevna mahalla yettiligi bilan birgalikda hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4