Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Chorvador mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Sazag‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi
янв.21
ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Jo‘yjangal mahallasida o‘rganish va ochiq muloqot o‘tkazildi

Jo‘yjangal mahallasida o‘rganish va ochiq muloqot o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Astanaqulova hamda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati R. Shamanov tomonidan Jo‘yjangal mahallasida mahalla yettiligi, hokim yordamchisi, bank xodimi va mahalla raisi ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, Jo‘yjangal mahallasida 3 110 nafar aholi va 632 ta xonadon istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan davrida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hokim yordamchisi tomonidan 35 nafar fuqaroga 728 million so‘m, mahalla bankiri tomonidan esa 20 nafar fuqaroga 420 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Mazkur kreditlar asosan xizmat ko‘rsatish, issiqxona tashkil etish va parrandachilik yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, deputatlar mahalla yettiligi bilan birgalikda Jo‘yjangal mahallasidagi 15-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, bajarilish sur’ati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalarni o‘rganish hamda amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5