Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Chorvador mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Sazag‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi
янв.21
ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Qurilish ishlari jarayoni joyiga chiqqan holda o‘rganildiv

Qurilish ishlari jarayoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan “Qahramon” MFY hududida barpo etilayotgan yangi umumta’lim maktabi qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida 330 o‘rinli yangi o‘quv binosi hamda 12×24 metr o‘lchamdagi sport zali qurilishining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish jadvaliga rioya etilishi va obyektdagi ishlarning holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, zamonaviy ta’lim muassasasini foydalanishga topshirish yuzasidan fikr almashildi.

Yangi maktabning bunyod etilishi hududdagi o‘quvchilarga zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yoshlarning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7