Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
3-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI VA QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat mahalladagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
DEPUTATLARGA MAXSUS YON DAFTARCHALAR TARQATILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI HAMDA QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada xotin-qizlar faollari faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim qaror Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 28-sessiyasida ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan tumandagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 3 nafar oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 124 million so‘m ajratish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

Ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mazkur oilalarning xonadonlari energiya tejamkor usulda ta’mirlanib, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, issiqlik samaradorligini oshirish hamda yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish rejalashtirilgan.

Mazkur qaror aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning turmush sifatini yaxshilash hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir muhim ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 1