Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB TAQDIM ETILDI
янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
QAROR IJROSI YUZASIDAN ISHCHI GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Tepaqul mahallasida qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Mahallada aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI TOMONIDAN BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Muammo borki, yechim bor: Deputatlar "Yangi kuch" mahallasida

Muammo borki, yechim bor: Deputatlar "Yangi kuch" mahallasida

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan ezgu tamoyil tumanimizda amaliy ifodasini topmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D.Safarova va kotibiyat mudiri Oʻ.Rajabov navbatdagi ish kunini “Yangi kuch” mahallasi ahlini qiynayotgan masalalarni oʻrganishdan boshlashdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilalar farovonligi turibdi. Shu bois masʼullar kabinetda oʻtirib emas, bevosita hududga chiqib, muammolarni oʻz koʻzi bilan koʻrishni maʼqul topishdi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqotlarda yoʻllar, kommunal tizim va ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarning murojaatlari birma-bir tahlil qilindi.

Oʻrganish natijalari tuman Kengashining navbatdagi sessiyalari va doimiy komissiya yigʻilishlarida ham muhokama qilinishi hamda qatʼiy nazoratga olinishi belgilandi.